20:50 / 09.03.2021
2 474

Ma’muriy qamoqdan to‘g‘ri xulosa chiqargan ota oilasi bilan yarashishga qaror qildi

Ma’muriy qamoqdan to‘g‘ri xulosa chiqargan ota oilasi bilan yarashishga qaror qildi
Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga FIB G‘ijduvon tumanlararo sudining 27.03.2012 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor S.Boltayevdan undiruvchi Sh.Sharipova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun har oyda oylik ish xaqi va boshqa daromadlarining 1/3-qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 01.05.2012 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilib qo‘zg‘atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan ogohlantirilib, bu xaqda majburiyatnoma olingan. Davlat ijrochisining qarz hisoblash qaroriga ko‘ra, qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 13.432.392 so‘mni tashkil qilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida ijro hujjati ma’muriy jazo qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan JIB Mirobod tuman sudiga yuborilib, sud tomonidan qazdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qarzdor ma’muriy qamomoq jazosini o‘tab chiqqanidan so‘ng xulosa qilgan holda 13.432.392 so‘m qarzdorlikni to‘liq to‘lab, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida qarzdor va undiruvchi o‘zaro yarashib, ajrimdagi oilani tiklashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’muriy qamoqdan to‘g‘ri xulosa chiqargan ota oilasi bilan yarashishga qaror qildi