Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida «Milliy bank» filiali rahbari fuqarolardan zo‘ravonlik ishlatib, qarz undirib olayotgani aytilgan video tarqaldi. Ushbu video yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada mushtlashgan erkaklar yoshlikdan do‘st bo‘lib, ulg‘aygan sinfdoshlar ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, xabarda tasvirdagi mushtlashuv holati rahbarning ish faoliyatiga aloqasi yo‘qligi ham aytib o‘tilgan. Rahbarning ta’kidlashicha, videoni tarqatgan shaxs buni atayin qilgan.
«Noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatib yuborishibdi. U yerda bankka, ishga taalluqli joy yo‘q. Ular mening sinfdoshlarim, yoshlikdagi yaqin do‘stim bo‘ladi. Bankdagi va boshqa insonlar ham ular bilan yaqinligimni biladi. Kimdir bundan foydalanib, ish faoliyatimga bog‘lab yozgan.
Qaysi bank bu usulda pul undirgan? Hozirgi kunda sud bor, majburiy ijro bor, undiruvlar bor. Bu xabar tarqaganidan keyin o‘zimga ‘Qalay holating endi? Seni shu ahvolga keltirmoqchi edim’, degan yozuvlar yuborilgan», — deydi bank rahbari.
Kaltaklangan erkak ham do‘stining gaplarini tasdiqlab, ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ish hech qanday qarzdorlikka aloqasi yo‘qligini aytgan.
«Do‘stim to‘g‘ri aytyapti, u bilan yoshlikdan katta bo‘lganmiz. Shunchaki, birozgina tushunmovchilik bo‘ldi. Bir-birimizga nisbatan adovatimiz ham yo‘q, o‘rtada bankka aloqador masalalar yo‘q», — deydi bank rahbarining do‘sti.
O‘zaro mushtlashuvda ikki fuqaro ham jarohat olmagan va bu haqda shifoxonaga ham, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ham murojaat kelib tushmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandiga zulm qilayotgan ona videosi tarqaldi

MIB: Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi

Toshkentda eshakni «Spark»ga bog‘lab sudragan shaxs qo‘lga olindi

Bank xodimi ishga tiklanib, 8 mln. so‘mlik ish haqlari undirildi

MIB: bank foydasiga yetkazilgan zarar undirildi

IIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan eʼlon yuzasidan izoh berdi