12:30 / 10.03.2021
2 054

YPX xodimi qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmagani holati tekshirilmoqda

YPX xodimi qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmagani holati tekshirilmoqda
Foto: IIV YHXB axborot xizmati
Joriy yilning 9 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Qarama-qarshi yurgan haydovchiga YPX xodimi jarima tuzmadi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Videoda YPX xodimi F.S. haydovchi O.M. boshqaruvidagi avtomobilni to‘xtatgani va unga qoidabuzarlik sodir etganligini aytib, lekin ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmasdan yo‘lida davom etishiga ruxsat berganligi holati aks etgan.

IIV YHXB axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

«Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida holatga oydinlik kiritilib, xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPX xodimi qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmagani holati tekshirilmoqda