19:34 / 11.03.2021
2 142

“Osma ventilator” operatsiyasiga chek qo‘yildi

“Osma ventilator” operatsiyasiga chek qo‘yildi
Tovar moddiy boyliklarini yurtimizga bojxona nazoratini chetlab olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Oltiariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro K.R. boshqaruvidagi “Hyundai Porter II” rusumli yuk avtotransport vositasi Oltiariq tumani hududida to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, mazkur avtotransport vositasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 101 million so‘mlik 2200 dona osma ventilator tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Osma ventilator” operatsiyasiga chek qo‘yildi