07:30 / 13.03.2021
1 645

Andijondagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi

Andijondagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi
Foto: FVV matbuot xizmati
Andijon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz portladi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 12 mart kuni soat 17:22 larda Andijon shahar «1-son» MFY, 2-kichik daha, Furqat ko‘chasi, 24-uy 9-xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Sodir bo‘lgan yong‘indan yashash xonadonining 50 kvadrat metr maydoni va uy-ro‘zg‘or buyumlari zarar ko‘rgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 4 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta avtonarvoni soat 17:25 da yetib borib, yong‘in soat 17:28 da o‘rab olingan va 17:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida ko‘p qavatli uyning, taxminan, 1200 kvadrat metr maydonida tom qismi va qo‘shni xonadonlar yong‘indan saqlab qolingan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Chaqnash oqibatida uy egasi va uning nabirasi 50 foiz termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

Chaqnashning asosiy sababi tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi, deb taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, sodir bo‘lgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi