
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 108 million so‘mlik, jami 900 dona “Tropikamid 10 mg.” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing