Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.
Respublikamizda joriy yilning 13 mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2021 yil 13 mart kuni mamlakatimizning barcha hududlarida «Obod va ko‘rkam mahallam» obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilandi.
Shu munosabat bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining markaziy apparati xodimlari tomonidan ma’muriyat joylashgan bino atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash ishlari amalga oshirildi.
Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirish, shuningdek milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va umumxalq bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi