Anomal sovuq Navoiy va Buxoroga yopirildi (video)

Anomal sovuq Navoiy va Buxoroga yopirildi (video)
Foto: YHXBB
Navoiy viloyatida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti sabab Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan yo‘lning bir qismi yopildi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘ayotgani, shamol tezligi 30-35 metr/sekundgacha kuchayib, yo‘lga sepilgan qum va tuz aralashmalarini ham uchirib yuborayotgani, buning natijasida muzlamalar yuzaga kelgani bois, Navoiy viloyati Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan A-379 avtomobil yo‘lining 206-289 kilometrlarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar