1 796
Toshkentda Nikolay II davriga tegishli tangalarning olib chiqib ketilishining oldi olindi
Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari Nikolay II davriga tegishli Rossiya imperiyasining qadimiy oltin tangalarini noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketilishining oldini oldi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, bojxona nazorati paytida chet elga uchib ketayotgan yo‘lovchilardan birining buyumlari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan to‘rtta tanga topilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tangalarning umumiy qiymati 25 million so‘mni tashkil etagan.
Aniqlangan fakt bo‘yicha, bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida ta’kidlanishicha, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasiga binoan, 50 va undan ortiq yil oldin yaratilgan madaniy boyliklar O‘zbekistondan olib chiqib ketilishi taqiqlanadi. Vaqtinchalik olib chiqib ketish faqat Madaniyat vazirligining maxsus sertifikati bilan amalga oshirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin