17:17 / 16.03.2021
2 488

Toshkentda qidiruv e’lon qilingan qimmat yuk mashinasi Farg‘onada ushlandi

Toshkentda qidiruv e’lon qilingan qimmat yuk mashinasi Farg‘onada ushlandi
Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Shaxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 15.11.2017 yildagi 1-15695/17-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “Billur Lizing” MCHJdan “Ravnaq bank” XATB foydasiga 1 mlrd. 4 mln. 913 ming so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan transport vositalariga qaratish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan 15.02.2021 yilda “MAN 19390” rusumli yuk mashinasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hududida harakatlanib yurganligi haqidagi tezkor ma’lumotlar asosida xat yuborilgan.

Shunga ko‘ra, Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektorlari tomonidan joriy yilning 19 fevral kuni tungi vaqtda Oltiariq tumanida o‘tkazilgan tezkor harakatlar natijasida “MAN 19390” rusumli yuk mashinasini fuqaro A.N. boshqarib ketayotgan vaqtida ushlanib, jarima maydonchasiga olib kirilgan.

Bu esa o‘z navbatida ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni to‘liq bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qidiruv e’lon qilingan qimmat yuk mashinasi Farg‘onada ushlandi