Foto: «O‘zA»
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 2020 yilning sentabr oyida 14 yoshli qizaloqni o‘g‘irlash, nomusiga tegish kabi mudhish jinoyat sodir etilgan shaxslar hamon jazosiz qolayotgani haqida ma’lumot berilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxanov ushbu holat o‘rganilganini ma’lum qildi:
«Shu kunlarda internet nashrlarida Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha «14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar jazosiz qolmoqda» sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar ijtimoiy tarmoqlarda hamda jamoatchilik orasida keng muhokama qilinmoqda.
Mazkur holat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida, O‘rtachirchiq tuman prokurori tomonidan ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv harakatlarini olib borish uchun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilganligi, bugungi kunda tergov ishlari olib borilib, jabrlanuvchi, gumonlanuvchi va guvohlar bergan ko‘rsatmalari tergov davomida tekshirilib, tayyorlangan sudga oid ekspertiza xulosalari olinganidan so‘ng qonuniy yechim topishi aniqlandi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan tergov ishi har tomonlama to‘la va xolisona olib borilishi hamda yakunlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olindi. Tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi