1 841
Toshkentdagi barcha xonadonlarga 2021 yil oxiriga qadar «aqlli» gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi
2021 yil oxiriga qadar Toshkent shahrining barcha aholisiga «aqlli» gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi. Bu haqda «Hududgaz poytaxt» gaz ta’minoti filiali tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
«Hozirda poytaxtimizda gaz iste’molchilari jami 629 427 ta bo‘lib, shulardan 448 073 tasini ko‘p qavatli, 181 354 tasini esa yerli aholi xonadonlari tashkil etadi. Qayd etish kerakki, yil oxiriga qadar zamonaviy ‘aqlli’ hisoblagichlar barchaga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur hisoblagichlarni o‘rnatish aholi uchun bepul hisoblanib, tashkilot tomonidan 5 yillik bepul servis xizmati ham kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, tadbir davomida tabiiy gaz iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Call-markazi (55) 503-28-28 ishga tushgani e’lon qilindi. Shuningdek, sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlari bo‘yicha (55) 503-90-17 ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgan, bunga iste’molchilar o‘z murojaatlarini qoldirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari