19:19 / 18.03.2021
1 475

MIB Toshkentda oilаlarni yarashtirish ishlarini davom ettirmoqda

MIB Toshkentda oilаlarni yarashtirish ishlarini davom ettirmoqda
FIB Mirobod tumanlararo sudining 10.01.2017 yildagi S-1-13-sonli sud buyrug‘iga asosan, qarzdor R.Garashovdan undiruvchi V.Garashova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta’minoti uchun har oyda oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 07.10.2020 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro hujjati qonunning 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilib, qaror qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida MIB portal elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, olingan javoblarga ko‘ra qarzdorga tegshili bo‘lgan mol-mulklarga band solingan. Ushbu ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, huquqiy tushuntirishlar natijasida Garashovlar oilasi o‘zaro yarashtirilib, endilikda farzand ota-onasi bag‘rida ulg‘aymoqda.

Shuningdek, FIB Mirobod tumanlararo sudining 17.03.2020 yildagi sud qaroriga asosan qarzdor A.Vaxidovdan undiruvchi V.Sicheva foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta’minoti uchun har oyda oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha, xuddi shu sudning 26.11.2020 yildagi buyrug‘iga asosan, qarzdor N.Arislanovdan undiruvchi N.Arislanova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun har oyda oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi B.Alimardonov tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirish va ijro harakatlari natijasida yuqoridagi oilalar yarashtirilishiga MIB Mirobod tuman bo‘limi tomonidan hissa qo‘shildi. Endilikda bir necha oila birgalikda farzandlarini voyaga yetkazish baxtiga yana bir bora erishdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Toshkentda oilаlarni yarashtirish ishlarini davom ettirmoqda