2 185
Olimlar AstraZeneca vaksinasi bilan emlashdan keyin tromboz hosil bo‘lishi sababini tushuntirishdi
Foto: REUTERS/Zorana Jevtic
Germaniyadagi Grayfsvald universiteti olimlari AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi u bilan emlangan ba’zi odamlar organizmida himoya mexanizmini ishga tushirishi va buning natijasida tromblar hosil bo‘la boshlashini ma’lum qilishdi. Bu haqda NDR telekanali xabar berdi.
Telekanalda ta’kidlanishicha, olimlar Paul Erlix nomidagi tibbiyot instituti mutaxassislariga murojaat qilib, ularga tromboz hosil bo‘lgan bemorlar qon namunalarini berishni so‘rashgan. 6 kishining qoni tahlili ushbu himoya mexanizmi tanada yaralar bitishi vaqtida faollashishini ko‘rsatgan. Bunda qon quyulib, yara bitadi. Olimlarning ta’kidlashicha, emlash ham ushbu mexanizmning faollashishiga xizmat qilgan va bu miyada qon quyqalari hosil bo‘lishiga olib kelgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, emlanganlarda bunday tromblar hosil bo‘lishiga vaksinani ishlab chiqishdagi xatolik, organizmning vaksinaga individual reaksiyasi yoki kasalliklarga moyilligi sabab bo‘lishi mumkin. Olib borilgan tadqiqot davolashning maxsus kursini ishlab chiqish imkonini beradi. Olimlarning aytishicha, trombozdan dori vositasini ehtiyot chorasi sifatida oldindan kiritish mumkin emas, davolashni esa tromblar hosil bo‘lgandan keyin boshlash lozim.
Tadqiqot natijalari nufuzli ilmiy nashr Lancet’da chop etilishi rejalashtirilgan.
18 mart kuni Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan Germaniya, Fransiya va Italiya Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) AstraZeneca vaksinasini xavfsiz deb topgandan keyin u bilan aholini emlashni davom ettirishga qaror qildi.
YEMA’da vaksina xavfsiz va koronavirusga qarshi samarali ekani, biroq uni qo‘llash natijasida tromblar hosil bo‘lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish vaksinaning yo‘riqnomasiga qo‘shilishi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!