
Foto: IIBB
18 mart kuni Mirobod tumanida 32 yoshli X.Z. o‘zining boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomobilni boshqarib ketayotganda yo‘lni piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tayotgan piyodalar 30 yoshli B.R. va 23 yoshli N.A.ni urib yuborgan.
YTH natijasida ikkala piyodalar tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan. 20 mart kuni piyodalardan biri B.R. tibbiy xodimlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, olgan tan jarohatlari natijasida jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar