
Amaldagi tartiblarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 100 million so‘m ekvivalentida teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.
Chet el fuqarolari esa O‘zbekistonga kirish chog‘ida olib kirgan miqdordagi naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketishlari mumkin.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari respublikamizdan piyoda ravishda chiqib ketayotgan fuqaro T.B. ushlab qolindi.
O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rikdan so‘ng ushbu shaxs kurtkasi cho‘ntagida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 14,6 ming AQSH dollari va 620.1 ming qozoq tengesini olib chiqishga uringani fosh bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar