Foto: IIV
2021 yil 15 mart kuni Termiz shahrida 4-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi xabariga ko‘ra, D.Sh. 2018 yil avgust oyida «Pattakesar» mahallasida vaqtincha yashovchi tanishi X.G‘.ga shaharning «Bog‘ishamol» mahallasida joylashgan akasi D.R.ning nomida bo‘lgan 500 kvadrat metrga teng bo‘lgan savdo-sotiq qilish uchun mo‘ljallangan noturar joyni 430.000.000 (to‘rt yuz o‘ttiz million) so‘mga sotadi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qilishicha, fuqaro D.Sh. ushbu mulkni yaqin qarindoshlari bilan kelishmagan holda boylik orttirish maqsadida o‘zboshimchalik bilan sotib yuborishi hamda buning oqibatida yaqin qarindoshlar o‘rtasida uzoq vaqtdan buyon kelishmovchilik davom etib keladi.
Shundan so‘ng D.Sh.ning turmush o‘rtog‘i Yu.T. 2020 yil 14 yanvar kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga da’vo bilan murojaat qilib, shahardagi davlat notarial idorasi tomonidan 2018 yilning 2 avgust kunidagi D.R. va X.G‘.larning o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini bekor qildirib, noturar joyni qaytarib olgan va X.G‘.dan olgan 430.000.000 (to‘rt yuz o‘ttiz million) so‘mni qaytarib bermaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 15 mart kuni D.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi