11:36 / 26.03.2021
1 814

Istanbul Toshkent ko‘chalarini obodonlashtirishga ko‘maklashadi

Istanbul Toshkent ko‘chalarini obodonlashtirishga ko‘maklashadi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Istanbul va Toshkent obodonlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlik qiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Ummatov boshchiligidagi delegatsiya Istanbul shahriga amaliy tashrif bilan bordi va Turkiya Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ali Sukash hamda shu yo‘nalishdagi boshqa mas’ullar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar shaharlarni obodonlashtirishda qo‘llanilayotgan yangi uslublar, gul va ko‘chatlarni ekish hamda parvarishlashning yangi texnologiyalari borasida fikr almashgan. Shuningdek, yo‘l qurilishi, ko‘priklarni saqlash va ta’mirlash, sug‘orish tizimlarini takomillashtirish borasidagi yangiliklar va ularni iqlim sharoitiga mos ravishda amaliyotga joriy etish masalasiga ham e’tibor qaratilgan.

Muloqot yakunida har ikki shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshliqlari obodonlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishga qaratilgan memorandum imzolagan. Unga ko‘ra, tizimlar qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi va soha mutaxassislari o‘zaro malaka almashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Istanbul Toshkent ko‘chalarini obodonlashtirishga ko‘maklashadi