13:53 / 26.03.2021
1 392

MIB Mo‘ynoqda tadbirkor foydasiga 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirdi

MIB Mo‘ynoqda tadbirkor foydasiga 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirdi
Joriy yilning 22 fevral kuni Majburiy ijro byurosi Muynoq tuman bo‘limi ish yurituviga Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 16 fevral kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor Muynoq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan undiruvchi “Asl Grand Oil” MCHJ foydasiga jami 1 mlrd. 272,3 mln. so‘m qarz, davlat boji va penya undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor korxonaga ijro ishi yurituvini qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtirilib ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni ixtiyoriy ravishta bajarish uchun 10 kunlik muddat berilgan.

Shundan keyin, qarzdorning nomida mol-mulk mavjud yoki mavjud emasligi aniqlash maqsadida “MIB Ijro” dasturiy ta’minoti orqali so‘rovnomalar yuborilib ushbu dastur orqali korxonaning bank hisob- raqamlariga elektron inkassa orqali bant solingan.

Lekin, ixtiyoriy muddat oralig‘ida talablar bajarilmaganligi sababli, bo‘lim tomonidan unitar korxonaning nomida aniqlangan avtotransport vositalarini xatlash jarayonida, qarzdor korxona tomonidan ijro hujjatida belgilangan jami 1 mlrd. 272 mln. 269,3 ming so‘m qarzdorlik to‘lig‘i bilan to‘landi va undiruvchi “Asl Grand Oil” MCHJ ning hisob raqamiga o‘tkazildi.

Shu bois, mazkur ijro hujjati talablari amalda bajarilganligi tufayli O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41 moddasiga asos tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Mo‘ynoqda tadbirkor foydasiga 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirdi