09:00 / 27.03.2021
1 808

Toshkentda bankomatdan 82 mln so‘m o‘g‘irlashga uringan 26 yoshli yigit qo‘lga olindi

Toshkentda bankomatdan 82 mln so‘m o‘g‘irlashga uringan 26 yoshli yigit qo‘lga olindi
Toshkent shahri Mirobod tumanidagi bankomatlarning biridan pul mablag‘larini o‘g‘irlashga uringan 26 yoshli yigit qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 15 mart kuni soat 02:00 larda noma’lum shaxs «Mirobod dehqon bozori» hududida joylashgan «Xalq banki» ATB Mirobod tumani filialiga qarashli bo‘lgan Uzcard NCR 6622 rusumli bankomatni o‘zi bilan birga olib kelgan temir jism bilan ochishga uringan. Seyf ichida 82 million so‘mdan ortiq pul mablag‘lari bo‘lganligi aytilmoqda.

Yigit bankomatni buzishni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 26 yoshli K.E. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan K.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (o‘g‘rilikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bankomatdan 82 mln so‘m o‘g‘irlashga uringan 26 yoshli yigit qo‘lga olindi