date
views 1 603

Chirchiqda chet el korxonasiga katta miqdorda qarz undirib berildi

Chirchiqda chet el korxonasiga katta miqdorda qarz undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Chirchiq shaxar bo‘limi ish yurituviga sudning hal qiluv qaroriga asosan, qarzdor “CHIRCHIQ QISHLOQ XO`JALIGI TEXNIKASI ZAVODI” AJ hisobidan, undiruvchi OOO “SKB-GRUPP” (Rossiya) foydasiga 18 667 942 rubl undirish to‘g‘risidagi ijro xujjatlari kelib tushgan.

Bo‘lim davalat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor “CHIRCHIQ QISHLOQ XO`JALIGI TEXNIKASI ZAVODI” AJ hisobidan, Rossiya Federatsiyasining OOO “SKB-GRUPP” korxonasi foydasiga 2 mlrd. 643 mln. so‘m miqdoridagi qarz undirilib, ushbu undirilgan pul mablag‘lari Rossiya rubliga konvertatsiya qilingan holda, ya’ni 18 537 938 rubl chet el korxonasi hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqda chet el korxonasiga katta miqdorda qarz undirib berildi