08:55 / 28.03.2021
2 082

Toshkent metrosida bir kunda 3 kishining telefonini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Toshkent metrosida bir kunda 3 kishining telefonini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Foto: IIV
Toshkent metropolitenining «Mirzo Ulug‘bek», «Paxtakor» va «Xalqlar do‘stligi» bekatlarida fuqarolarning telefonlarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 23 mart kuni Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro R.N. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, shu kuni soat 19:00 larda Toshkent metropolitenining «Mirzo Ulug‘bek» bekatida yonida bo‘lgan Samsung A70 uyali telefon apparatini ustki kiyimining o‘ng cho‘ntagidan noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganini aytgan.

Mazkur arizaga asosan, Metropolitenda XTB tezkor xodimlari tomonidan Toshkent metropolitenining «Buyuk ipak yo‘li» bekatida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, ushbu jinoyatni 1979 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Parkent tumani «So‘qoq» QFYda yashovchi, fuqaro B.B. tomonidan sodir etilgani gumonlanib, qo‘lga olingan.

B.B.ning yonidagi buyumlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, egnidagi kurtkasi ichki cho‘ntagidan 3 dona o‘ziga tegishli bo‘lmagan uyali telefon apparatlari topilib, Metropolitenda XTB ixtiyoriga olingan. Ushbu telefonlardan biri, ya’ni Samsung A70 telefoni fuqaro R.N.ga tegishliligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, shu kuni B.B. yana 2 marotaba o‘g‘irlik sodir etgani, ya’ni soat 14:00 larda Toshkent metropolitenining «Xalqlar do‘stligi» bekatida voyaga yetmagan fuqaro 2005 yilda tug‘ilgan Z.M.ning Redmi 6 telefon apparatini hamda, soat 19:00 larda «Paxtakor» bekatida fuqaro 2002 yilda tug‘ilgan G.D.ning Samsung-6 Grand Prime Plus telefon apparatini o‘g‘irlab olgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent metrosida bir kunda 3 kishining telefonini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi