2 355
Shuhrat Abdurahmonov Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida hokimlar faoliyatida qanday farq borligini aytdi
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov «Kun.uz»ga bergan intervyusida Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida hokimlar faoliyatida qanday farq borligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov davlat rahbari bo‘lgan paytda «hokimlardan kam narsa so‘ralgan».
«U paytda xalqni hayotdan rozi qilish kerak degan narsa yo‘q edi u. Asosiy so‘rov paxta, g‘alla, pilla — 4–5 ta ko‘rsatkich bo‘lardi, shu so‘ralardi. Ikkinchidan, hokimlarning qo‘l-oyog‘i bog‘langan, har bir qadamimiz nazoratda, hech qanday moliyaviy imkoniyatimiz yo‘q, hamma narsa markazlashgan edi», — degan u.
Shuhrat Abdurahmonovning ta’kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lganidan so‘ng ko‘p narsa o‘zgardi.
«Hozir hamma yo‘nalishda — qishloq xo‘jaligida ham, sanoat, qurilish va ijtimoiy sohada ham javobgarlik 100 foiz hokimning bo‘ynida. Hozir biz hattoki harbiy-ma’muriy sektorning ham rahbarimiz. Ilgari harbiylar bilan faqat bayram kunlari, 9 may va 14 yanvar paradlari paytida ko‘rishganmiz. Boshqa paytda ular nima qilyapti, nima qo‘yyapti bilmasdik. Tizim bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan», — deb ta’kidlagan Anjidon viloyati hokimi.
Shuhrat Abdurahmonovning aytishicha, rahbariyat u 2004 yilda Andijonning Paxtaobod tumanidagi «Navbahor» xo‘jalik shirkatini boshqarib yurgan paytida e’tibor qaratgan. Hokimning aytishicha, u paytda «sovxoz»ning paxta rejasi 23 foiz bo‘lgan, achinarli ahvolda bo‘lgan. Ammo shu yili tumanda paxta rejasini birinchi bo‘lib bajarishga erishgan.
«O‘shanda bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev nazariga tushganman. O‘zi shaxsan meni chaqirib, suhbatlashib, qanday qilib bu natijaga erishganimni so‘ragan. Shundan so‘ng Islom Karimovga men haqimda axborot bergan, ‘eplaydi bu’ deb. Keyin men Paxtaobod tumaniga hokim bo‘lganman», — degan Shuhrat Abdurahmonov.
Hokimning aytishicha, Paxtaobod tumanidan (2004—2011) so‘ng u Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2011—2013), 2013 yil 1 apreldan esa Andijon viloyat hokimi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi