Foto: Tvitter
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan M.Bozorovga tan jarohati yetkazilganligi holati yuzasidan IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 28 mart kuni taxminan soat 22:45 larda Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi 21-uy oldida 3 nafar noma’lum shaxslar 1991 y.t. Bozorov Miraziz Mirzajon o‘g‘lini urib tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan noma’lum tarafga yashiringan. Olgan tan jarohatlari bilan M.Bozorov shifoxonaga yotqizilgan.
Tibbiyot muassasasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu fuqaroda bosh miya ochiq va yopiq jarohatlari, o‘ng qosh sohasi yirtilgan jarohati, ko‘krak qafasi va qorin sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, o‘ng oyoq boldir suyagi ochiq sinishi jarohatlari qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda M.Bozorovga nisbatan tan jarohatlari yetkazgan noma’lum shaxslarni aniqlash maqsadida tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi