19:12 / 29.03.2021
1 938

JSST koronavirus paydo bo‘lishining sababini ma’lum qildi. Ammo shubhalar ko‘p...

JSST koronavirus paydo bo‘lishining sababini ma’lum qildi. Ammo shubhalar ko‘p...
Foto: AP
"COVID-19" odamlarga ko‘rshapalaklardan odamga noma’lum oraliq hayvon orqali yuqqan bo‘lishi mumkin. Bunday xulosaga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari va xitoylik olimlar bilan hamkorlikda Xitoyda olib borilgan tadqiqotlar yakunida kelindi. Bu haqda "Associated Press" axborot agentligi ekspertlarning nashr qilinmagan xulosasiga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassislar "COVID-19" laboratoriyadan sizib chiqqan" degan versiyadan voz kechishgan. Biroq, ular infeksiyaning paydo bo‘lishini aniqlash uchun tadqiqotlarni davom ettirish niyatida.

Agentlikka ko‘ra, olimlarning tegishli hisobotini nashr etish bir necha bor qoldirilgani Xitoyni himoya qilish va uni pandemiya aybdoriga chiqarib qo‘ymaslik uchun qilingan, degan taxminlarga sabab bo‘lmoqda. Agentlik hujjatning yakuniy versiyasini 29 mart, dushanba kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida diplomatdan olgan.

Unga ko‘ra, mutaxassislar "COVID-19"ning kelib chiqishini to‘rtta asosiy versiyasini sanab o‘tgan. Ulardan biri koronavirusni ko‘rshapalaklardan odamlarga oraliq hayvon orqali yuqqani bo‘lib, ammo aynan qaysi hayvon ekanligini aniqlab bo‘lmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu kaltakesaklar, mushuklar yoki qorako‘zanlar bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, "Bloomberg" agentligi JSST mutaxassislariga asoslanib, Xitoyda hayvonlar savdosi koronavirus kelib chiqishi sababi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.

Joriy yilning boshida JSST mutaxassislarining xalqaro guruhi Xitoyda bir oyga yaqin vaqt davomida "COVID-19" infeksiyasining kelib chiqishi sabablarini o‘rganishdi. Yakunda, ular koronavirusni kelib chiqishi, ehtimol, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida yoki unga yaqin joyda yovvoyi tabiatda bo‘lishi mumkin degan farazlarni aytishdi.

2019 yil oxirida Xitoyda koronavirusning yangi — "COVID-19" turiga sabab bo‘lgan infeksiya tarqalish avj oldi. Virus dastlab Xubey viloyatida joylashgan Uxan shahrida qayd etilgan.

2020 yilning 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda "COVID-19" pandemiyasini e’lon qildi. O‘sha yilning 29 mart kuni Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi tugaganligini e’lon qildi. Ammo kasallik butun dunyoga tarqalib ketdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib ushbu infeksiya bilan zararlanganlar soni 125 million nafardan oshib ketdi. U keltirib chiqargan kasallik asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni allaqachon 2,5 million nafardan ortdi.

Oldinroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) “Covid-19" pandemiyasi kelib chiqishiga sabab bo‘lgan ehtimoliy farazni ma’lum qilgani, unga ko‘ra, virus «oraliq-vosita» orqali insonlarga yuqtirilishi tufayli pandemiya kelib chiqqani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hayvonlarda koronavirus manbaini aniqlay olmagani, Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mutaxassisi Lyan Vannanga ko‘ra, tadqiqot davomida ko‘rshapalaklar va pangolinlar orasida "SARS-CoV-2" o‘xshash viruslar topilgan, ammo olingan namunalar aynan shu hayvonlar ”SARS-CoV-2"ning asl manbai ekanligini taxmin qilish uchun keskin farq qilishi haqida ma’lum bo‘lgan edi.

AQSH Kasalliklar tarqalishi va nazorat qilish markazi (CDC)ning sobiq rahbari Robert Redfild esa koronavirus Xitoydagi laboratoriyada paydo bo‘lgan, degan fikrlarni ilgari surmoqda.

Unga ko‘ra, ushbu infeksiya 2019 yilning sentabr yoki oktabr oylarida Uxan shahrida tarqalishni boshladi.

"Bu virus sentabr-oktabr oylarida Uxan shahrida tarqalishni boshlagan. Bu mening taxminim, bu shunchaki fikr ... Men hali ham Uxan shahrida laboratoriya ushbu infeksiyani tarqalishi "xizmat qilgan" deb o‘ylayman", - deydi mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » JSST koronavirus paydo bo‘lishining sababini ma’lum qildi. Ammo shubhalar ko‘p...