Jizzax viloyatida 35 yoshli er 28 yoshli xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Voqea 31 mart kuni soat tonggi 04:30 larda ular vaqtinchalik ijarada yashab kelayotgan xonadonda yuz bergan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi raisi Maqsud Rayimovning ma’lum qilishicha, 35 yoshli er H.M. 1992 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.M.ning Telegram’dagi yozishmalarini o‘qib qolishi va o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal ushbu mudhish hodisaga sabab bo‘lgan.
Janjal oqibatida H.M. yashash xonadoni mehmonxonasida o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan M.M. ning chap bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga «bo‘yin sohasida sanchilib, kesilgan tan jarohatidan ko‘p qon ketishi» sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan ayblanuvchi H.M. ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?