Foto: «Pressangmk.uz»
O‘zbekistonda 2020 yilda 130 tonna zaxirali oltin koni topilgan. Bu haqda Milliy matbuot markazida «Kon va istiqbolli maydonlarni ochiq auksionda investorlarga sotish va belgilangan ustuvor vazifalar» mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat geologiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Asror Rustamov 2020 yilda ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilda Navoiy viloyatida Qizilqumdagi «Chuqurquduq» konida 130 tonna zaxirali oltin koni topilgan. Asror Rustamovning so‘zlariga ko‘ra, prognozlar kondagi zaxira hajmi yana 70-80 tonnaga ortishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ushbu kon davlat balansiga olingan.
Bundan tashqari, Surxondaryoda qazib olinayotgan qo‘rg‘oshin-rux konining yonida yana bir katta kon davlat zaxiralari komissiyasidan o‘tkazilgan bo‘lib, bu «Chinorsoy» polimetall koni deyiladi. U yerda qo‘rg‘oshin-ruxdan tashqari, oltin-kumush zaxiralari bor kompleks metallarga ega kon deb tasdiqlangan.
Avvalroq Navoiy viloyatidagi «Muruntov» 2020 yilda dunyoda eng ko‘p oltin qazib olingan konga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil sentabr oyi boshlarida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari may oyidan buyon birinchi bor qisqardi. Mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 1 sentabr holatiga ko‘ra, 34,6 milliard dollarni, xalqaro zaxiralar — 33,8 milliard dollarni tashkil etdi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov oltin-valyuta zaxirasini sotib, mablag‘larni mamlakat iqtisodiyotini qutqarishga va ishsizlar soni ortishining oldini olishga yo‘naltirish mumkinligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Xonanda Nasiba Abdullayeva «Malibu-2» yutib oldi

O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi

Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?

«Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida