18:11 / 04.04.2021
3 740

Jizzaxda 20 yil avval maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs qo‘lga olindi

Jizzaxda 20 yil avval maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs qo‘lga olindi
Jizzaxda 2001 yilda maktab o‘quvchisini pichoq bilan qo‘rqitib, zo‘rlagan shaxs o‘g‘irlik ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Paxtakor tumanida 2021 yil 23 fevral kuni noma’lum shaxs Chamanzor qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.E.ning uyida hech kim yo‘qligi va xonadon derazasi ochiqligidan foydalanib, o‘g‘irlikka tushgan. Aniqlanishicha, u soat 19:00 dan 21:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uyga kirib, yotoqxonadagi seyfning qulfini buzgan va 8 million so‘m pulni olib ketgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor qidiruvda ushbu jinoyat jabrlanuvchining mahalladoshi M.B. tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng undan 351 ming so‘m pul mablag‘i hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, tergovga qadar surishtiruv davomida ayblanuvchining yana bir jinoyati aniqlangan. Keltirilishicha, M.B. 2001 yilning 1 oktabrida hududdagi uylardan birining yotoqxonasiga kirgan va pichoq bilan qo‘rqitib, maktab yoshidagi qizni zo‘rlagan. Jinoyatini yashirish maqsadida qizning kiyim-kechagini o‘zining yashash joyidagi hojatxonaga tashlab yuborgan.

Bundan tashqari, u bu haqda birovga aytsa, qizni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 20 yil avval maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs qo‘lga olindi