O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda “PrivaZorg Maastricht” kompaniyasi direktori, “Nobama care” (Niderlandiya) kompaniyasi raisi B.Nizomiy hamda “Jawzjan Al-Hayot” kasalxonasi (Afg‘oniston) muassisi A.Xamiylar ham ishtirok etishdi.
Xorijlik mehmonlar O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlar, yangi yo‘nalishlar va turistik mahsulotlar, “Uzbekistan SafeTravel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishishdi.
Tomonlar O‘zbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘ziga xos xususiyatlar haqida atroflicha fikr almashishdi. Xorijiy tadbirkorlar mamlakatning yuksak turizm salohiyatini inobatga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
“Privazorg Maastricht” Niderlandiyadagi “PrivaZorg” tibbiy muassasasini qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy markaz. U “uyda parvarish qilish”ga ixtisoslashgan. “Nobama Care” kompaniyasi to‘liq tibbiy yordamga ega qariyalar uylari tarmog‘idir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi