2020 yilda DXX idoralari sa’y-harakati bilan 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi. Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 ta yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatimizga olib kelindi hamda javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, 747 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4.781 dona o‘q-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olindi. 540 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.
Budjet va kredit mablag‘larining talon-taroj qilinishi hamda maqsadsiz ishlatilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, 557 mlrd. so‘m davlat foydasiga undirildi.
Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga aloqador 102 ta jinoiy guruh fosh etildi. Davlatimiz sarhadlaridan noqonuniy olib o‘tilgan 58,3 mlrd. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar qo‘lga olindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan «Mehr 3» va «Mehr 4» gumanitar operatsiyalari doirasida Suriya va Afg‘oniston davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan 122 nafar ayollar va bolalar mamlakatimizga olib kelindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi