12:00 / 06.04.2021
2 189

Farg‘onada soxta yuz ming so‘mlik kupyura yasaydigan «uddaburon» ushlandi

Farg‘onada soxta yuz ming so‘mlik kupyura yasaydigan «uddaburon» ushlandi
Foto:«Tergov.uz»
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 36 yoshli Murod M.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (Qalbaki pullar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tuman IIB JQB xodimlari tomonidan 1 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor-tadbirda Murod M., shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 2 700 000 so‘m evaziga 99 dona 100.000 so‘mlik kupyuradan iborat jami 9 900 000 so‘m qiymatiga teng soxta pullarni sotgan vaqtida ushlangan.

Tergov harakatlari davomida, Murod M.,ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, soxta pullarni tayyorlashda foydalanilgan bir dona “Lenovo” rusumli noutbuk va “NR” rusumli rangli printer hamda 5 000 so‘mlik kupyuradagi 200 dona jami 1 000 000 so‘m soxta pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada soxta yuz ming so‘mlik kupyura yasaydigan «uddaburon» ushlandi