17:27 / 06.04.2021
1 780

Paxtachilik ota salkam 33 mln. so‘m to‘lab berdi

Paxtachilik ota salkam 33 mln. so‘m to‘lab berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro B.E.dan undiruvchi Sh.X.ning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish borish belgilangan.

Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. 2017 yil noyabr oyidan buyon fuqaro B.E. aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotgan edi.

Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash naqadar muhim ekanligini inobatga olgan holda Byuroning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, qarzdor B.E. bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirildi.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta’minotini o‘ylab, shu paytgacha bo‘lgan qarzi 32 mln. 733 ming so‘m pulni to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxtachilik ota salkam 33 mln. so‘m to‘lab berdi