Dohada O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi. Kamilov mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar amiriga yo‘llagan maktubini yetkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb jihatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
“Tomonlar o‘zaro siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni sezilarli darajada oshirish zarurligini ta’kidladilar”, - deyilgan TIV xabarida.
Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo inklyuziv muzokaralarni ilgari surishning muhimligi ta’kidlandi.
Qatar tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti