11:20 / 14.04.2021
1 799

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda respublikamiz hududiga juda ko‘p miqdordagi tamaki mahsulotlarini aylanma yo‘llar orqali noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va ularni muomalaga kiritilishini oldini olish yuzasidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi xonadonlardan biri belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan va O‘zbekiston aksiz markasi bilan markalanmagan, qiymati 245 mln 520 ming so‘mlik, 29 turdagi 16680 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan xonadonlardan biri belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qiymati 12 mln 600 ming so‘mlik 1050 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy tarzda saqlanib kelinayotganligi fosh etildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 258,1mln.so‘mlik 17 730 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi