Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida qatnovchi «Afrosiyob» poyezdida yo‘lovchi tomonidan unutib qoldirilgan pullar o‘z egasiga qaytarildi, deb xabar beradi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi.
Foto: IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi
Ma’lum qilinishicha, 13 aprel kuni 762-sonli Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdining 5-vagonida ichida 8850 AQSH dollari, 1,93 million so‘m pul, ikkita fuqarolik pasporti va shaxsiy buyumlari mavjud erkaklar qo‘l sumkasi yo‘lovchi A.Q. tomonidan unutib qoldirilgan.
«Ushbu holat Transportda XTBB Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish batalyoni xodimi Sh.Xudayberganov tomonidan aniqlandi», — deyiladi xabarda.
Qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida kerakli hujjatlar asosida rasmiylashtirilib, o‘z egasiga to‘liq va beshikast holda yetkazilgan.
Fuqaro Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi YPKB xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi