Toshkent viloyati Olmaliq shahrida sotuvchilarning buyumlarini zo‘rlik bilan tortib olgan soliqchilar aks etgan video tarqalgach, DSQ rahbari Sherzod Kudbiyev murojaat bilan chiqib, xalqdan kechirim so‘ragandi.
Biroz o‘tib, voqea aybdorlari bo‘lgan uch nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingani va barcha maxsus unvonlari bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, tezkor tekshiruv natijasida voqeada bevosita ishtirok etgan uch nafar soliq inspektori bilan birga Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining yana 8 nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan va ularning barcha maxsus unvonlari bekor qilingan.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari hamda Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga hayfsan berildi.
«Soliqchi-ko‘makchi» tamoyili asosida shu paytga qadar noqonuniy faoliyat yuritgan fuqarolarga tegishli huquqiy yordam ko‘rsatilib, faoliyati qonuniylashtirildi. Ularga Olmaliq shahridagi savdo markazidan tegishli joy ajratib berildi. Shuningdek, kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilib, ulardan biriga tikuv mashinasi hadya etildi, — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Sharmandaga shahar keng
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?