07:00 / 18.04.2021
2 311

Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi


Surxondaryo viloyatida daraxtdan dovuchcha (g‘o‘ra) olayotgan 13 yoshli bolani 46 yoshli erkak pichoqlab qo‘ydi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 12 aprel kuni soat 19:45 larda fuqaro 46 yoshli Sh.U. Termiz shahar «Kokildor ota» mahallasida joylashgan yashash uyi yonida voyaga yetmagan 13 yoshli T.A. o‘ziga tegishli bo‘lmagan o‘rik daraxtidagi dovuchcha (g‘o‘ra)larni olayotganligini ko‘rib, unga ketishini aytib haydagan va janjal vaqtida pichoq bilan voyaga yetmagan T.A.ning qorin sohasiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida T.A. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlar olganligi ko‘rsatilgan.

Foto: Tergov departamenti
Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi