Ro‘za tuting, salomat bo‘lasiz!” – Turkiyadagi masjid uzra osilgan eslatma.
Foto: “Heberturk.com”
Ramazon oyi bu yil ham koronavirus pandemiyasi sharoitida kechmoqda. Mutaxassislar karantin sharoitida odamlar imkon qadar immunitetni mustahkamlovchi taomlar iste’mol qilishi lozimligini uqtirmoqda. Bunday sharoitda ro‘za tutish kasallikni yuqtirish xavfini oshiradi degan xavotirlar ham mavjud. Turkiyaning «Sabah» nashri yozishicha, bu butkul xato qarash bo‘lib, xavotirlanishga umuman asos yo‘q.
«Ro‘za tutishning inson salomatligiga ijobiy ta’siri nihoyatda ko‘p. Ulardan eng muhimi shuki, ro‘za insonning immun tizimini mustahkamlaydi. Bu ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan», – deb yozadi «Sabah» nashri.
Qayd etilishicha,
- ro‘za qondagi shakar miqdorini kamaytiradi va me’yorlashtiradi;
- ro‘za qondagi shakar miqdorini kamaytiradi va me’yorlashtiradi;
- immunitetni mustahkamlovchi hujayralarini faollashtiradi;
- oshqozon faoliyatiga misli ko‘rilmagan ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- hujayralar zararlanishini kamaytirib, saratonga olib boruvchi o‘simtalar hosil bo‘lishining oldini oladi;
- tanada hosil bo‘lgan energiyani ovqat hazm qilishdan boshqa faoliyatga, jumladan, immun tizimini mustahkamlashga sarflash imkonini beradi;
- qon tarkibida leykotsitlar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, bu esa infeksiyalarni yo‘q qilishga ko‘maklashadi; hujayralar tizimini mustahkamlab, ichki himoya salohiyatini oshiradi;
- cemizlik, yurak-qon xastaliklari va boshqa dardlarni davolashga ko‘mak beradi. Pirovardida esa ro‘za inson umrini uzaytiradi.
Ro‘za tutish inson salomatligi uchun foydali ekani tibbiyot vakillari, olimlar tomonidan ham e’tirof etilgan. Masalan, biologiya va tibbiyot yo‘nalishidagi teleko‘rsatuvlari bilan tanilgan olim Maykl Mosley Bi-Bi-Sining «Eat, Fast and Live Longer» dasturida ro‘za hamda nafsni tiyishning inson umrini uzaytirishdagi o‘rni haqida hikoya qilgan edi.
Ramazon ro‘zasi, umuman, ro‘za tutish inson salomatligi uchun koni foyda, albatta. Ammo shu o‘rinda musulmonlar ro‘zani salomatligini mustahkamlash ilinjida emas, balki eng avvalo Allohning roziligi uchun, bandalik vazifasi o‘laroq ato etishini eslatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi