
Bojxona organlari tomonidan qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.A. o‘rnatilgan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, uning egnidagi kiyimi cho‘ntaklarida va sumkasi ichida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan 325 gr. kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Bojxona OrganlariZargarlik BuyumlariQimmatbaho MetallToshkent Xalqaro AeroportiNoqonuniy AylanmaShaxsiy Ko‘rik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar