23:13 / 18.04.2021
2 186

Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda. 
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Q.F.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu xonadonda va xonadon oldidagi bog‘da tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami
 120 million so‘mlik 2 turdagi  parfyumeriya mahsulotlari hamda maishiy texnika vositalari saqlanayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi