00:34 / 20.04.2021
7 991

«Meni va qizimni zo‘rlaganlar ozodlikda yuribdi» — muhojir ayol murojaati e’tiborga olindi


Foto: «YouTube»
2021 yil 16 aprel kuni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda «Muhojir ayol: Meni va qizimni zo‘rlaganlar ozodlikda yuribdi» nomli videomaterial keng tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma’lum qilishicha, chet elda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarosining murojaati nazoratga olindi.

Videolavhada Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida mehnat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va uning ikki farzandiga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik harakatlari bo‘yicha xabarlar aks ettirilgan.

Ushbu masala Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi.

Hukumatning tegishli vazirlik va idoralariga tezkor so‘rovnomalar yuborildi. O‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumot berilishi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Meni va qizimni zo‘rlaganlar ozodlikda yuribdi» — muhojir ayol murojaati e’tiborga olindi