
Transport vazirligi huzuridagi «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan 2021 yil 15 aprelda Turkiya Respublikasining «Turkish Airlines» aviakompaniyasiga Istanbul – Urganch – Istanbul va Istanbul –Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «Turkish Airlines» aviakompaniyasi 2006 yil 28 sentabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega bo‘lib, Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar