19:38 / 20.04.2021
3 738

Samarqandda Cobalt maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi (video)


Samarqandda maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini Cobalt urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyatning STV telekanali. Voqea tashqi kuzatuv kamerasiga tushgan.

Qayd etilishicha, urgutlik Sh.K. Cobalt’ni haydab ketayotganida 46-maktab oldidagi tartibga solinmaydigan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qiz F.U.ni urib yuborgan. Haydovchi qizni zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga olib borgan.

«Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi qidiruv-surishtiruv bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Haydovchi qizaloqni vaqtida shifoxonaga yetkazgani sababli u omon qolgan. Unga bosh miyaning yengil darajali lat yeyishi, boshning chap peshona chap chakka sohasi yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi va shilingan jarohatlari tashxisi qo‘yilgan.

Qiz bir sutka davomida shifoxonaning reanimatsiyasi bo‘limida bo‘lgan, ahvoli biroz ijobiy tomonga o‘zgargandan keyin bolalar jarrohligi va jarohatlari bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning ahvoli hozirda o‘rtacha og‘irlikda deb baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Cobalt maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi (video)