21:39 / 22.04.2021
2 100

«Majlisni, qarorni kamaytiramiz» – Prezident

«Majlisni, qarorni kamaytiramiz» – Prezident

Bugun, 22 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoslektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Barcha vazirlar, qo‘mitalar rahbarlari va hokimlar ishtirokidagi bu yig‘ilishda xizmat ko‘rsatish sohasi muammolari hamda ularning yechimi muhokama qilinmoqda.

«Bir narsani aniq tushunish lozim. Yangi ish o‘rinlari, eng kam xarajat va tez muddatda xizmatlar va servis sohalarida tashkil etiladi. 

Joylardagi aholi daromadlarining real o‘sishini ham, avvalo xizmatlar rivojidan yaqqol ko‘rish mumkin. Shuning uchun, ushbu sohaga iqtisodiyotning asosiy «drayver»laridan biri deb, qarashimiz kerak.

Majlisni kamaytiramiz, qarorni kamaytiramiz. Quyi bo‘g‘in rahbarlari qarorning ortidan yetib bora olmayapti. Endi bularning nazoratini o‘zim olib boraman.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, ularning murojaatlari xizmatlar sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbus va talab o‘ta yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari joriy yilda xizmatlar sohasida 59 trillion so‘mlik 42 mingta yangi loyihani amalga oshirish, 150 mingta yangi doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha o‘z rejalarini belgilagan. 

Hokimlarning belgilagan rejalarini o‘zim birma-bir ko‘rib chiqdim. Ularning o‘ziga olgan marralari ushbu hududlar salohiyatidan ancha past. Misol uchun, Jizzax bor-yo‘g‘i 718 milliard so‘mlik loyihalarni shakllantirgan. 

Shu bilan birga, Qashqadaryo 1,6 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirishni belgilagan bo‘lib, bu aholisi qariyb 3 baravar kam bo‘lgan Sirdaryo rejasidan (2,1 trillion so‘m) 25 foizga past», dedi davlat rahbari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Majlisni, qarorni kamaytiramiz» – Prezident