2020 yilning dekabr oyidan 2021 yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Yangiyo‘l shahrida joylashgan savdo do‘kon rahbari Ye.Nilufar do‘koniga kelgan fuqarolar 54 yoshli T.Mastura va 45 yoshli A.Hilolaning ishonchiga kiradi.
Ularning nomiga Xalq banki Yangiyo‘l shahar filialidan maishiy texnika vositalari uchun T.Masturaga 19 000 000 so‘m, A.Hilolaga 15 000 000 so‘m berilgan kredit mablag‘larini qo‘lga kiritib, evaziga ularga maishiy texnika vositalarini bermasdan, pullarni o‘zining ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ye.Nilufarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!