Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik holati o‘z vaqtida fosh etildi.
Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, fuqaro M.U. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasida fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 40,5 million so‘mlik 108 dona “Neoton” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi