Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tanishini 600 dollarga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan hamshira qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 21 aprel kuni Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlovchi 33 yoshli U.M. o‘zining xizmat mavqeyidan foydalangan holda, tanishi 38 yoshli S.Sh.ni tez tibbiy yordamga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ish joyida S.Sh.dan 600 AQSH dollari pul mablag‘larini olayotgan vaqtida JQB va DXX xodimlari tomonidan ushlangan.
Tadbir davomida U.M.dan kimyoviy ishlov berilgan 600 dollar pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan U.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (firibgarlik, ya’ni xizmat mavqeyidan foydalanib, o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi