
Foto: FVV matbuot xizmati
Bo‘stonliq tumani Chimyon dam olish hududida sayr qilish uchun tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib, pastga tusha olmagan uch nafar fuqaro qutqaruvchilar yordami bilan olib tushildi.
FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 26 aprel kuni soat 17:10 da Toshkent viloyati Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, ular tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib, pastga tusha olmayotganini ma’lum qilib, yordam so‘ragan.
Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilgan yetib borib, fuqarolarni dengiz sathidan 2200 metr bo‘lgan balandlikdan sog‘-salomat olib tushgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar