17:42 / 30.04.2021
1 657

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan suhbatda «Toshkentda qabul qilingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish muhim»ligini qayd etdi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan suhbatda «Toshkentda qabul qilingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish muhim»ligini qayd etdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 2021 yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkentga kelganida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolangandi. Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqotda qo‘shma qaror va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat davomida qabul qilingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish va ustuvor loyihalarni ilgari surish maqsadida faol almashinuvlarni davom ettirish va hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning mart oyidagi tashrif doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolangandi. Qariyb 50 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi, O‘zbekiston—Qirg‘iziston Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish, Qirg‘izistonda gidroenergetika ob’ektlarini qurish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidan.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida mart oyida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bir qator chegaraoldi uchastkalari, xususan, Ungar-Too tog‘i Qirg‘izistonga o‘tadi. Ushbu hududlar evaziga O‘zbekiston Kampirobod suv omboridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan suhbatda «Toshkentda qabul qilingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish muhim»ligini qayd etdi