20:35 / 01.05.2021
3 145

Qaysi vaksina: AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001 yoki «Sputnik V»?


Vaksinatsiyaning dastlabki o‘n kunida AstraZeneca bilan emlanish 68 foiz, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 32 foiz bo‘lgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Ikkinchi o‘n kunlikda esa AstraZeneca bilan emlanish 10 foiz kamayib, 58 foizga tushgani, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish esa 42 foizga yetgani ko‘rinmoqda.

28 aprelga kelib mamlakatimiz aholisi uchun uchinchi vaksina — «Sputnik V»dan ham foydalanish boshlandi.

Oy oxiriga kelib vaksinadan foydalanish ko‘rsatkichi AstraZeneca da 40,9 foiz, ZF-UZ-VAC2001 da 58,4 foiz, «Sputnik V»da 0,7 foizni tashkil qilgan.

30 apreldagi kunlik holatga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 2181 nafar fuqaro AstraZeneca bilan , 74 773 nafar aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan,  2356 nafar kishi «Sputnik V» bilan emlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi vaksina: AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001 yoki «Sputnik V»?